«kuchli shamol» tegli maqolalar


Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi
7 fevral 2024, 11:25

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.

Kuchli shamol sabab Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti o‘chirildi
13 iyun 2023, 10:32

Kuchli shamol sabab Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti o‘chirildi

Samarqand viloyatida kuchli shamol sabab elektr ta’minoti o‘chirildi. Energetika vazirligi bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
27 may 2022, 15:38

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati O‘zbekiston aholisidan avtomobillarni daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmaslikni so‘radi. FVV esa kuchli shamol vaqtida amal qilish zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simyog‘ochlarni qulatib yubordi
9 mart 2022, 16:16

Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simyog‘ochlarni qulatib yubordi

Qashqadaryoning qator tumanlarida kuchli shamol binolarning tomini uchirib, simyog‘ochlarning qulashiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohatlandi. Avvalroq, viloyatning Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urgani, ulardan birining vafot etgani xabar qilingan edi.

Kuchli shamol Jizzax va Uchquduqdagi uylarga zarar yetkazdi
2 iyun 2021, 18:01

Kuchli shamol Jizzax va Uchquduqdagi uylarga zarar yetkazdi

Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

Foto, video: Toshkentdagi kuchli shamol oqibatlari
21 may 2021, 13:44

Foto, video: Toshkentdagi kuchli shamol oqibatlari

Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi
14 mart 2021, 14:46

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Kuchli shamol natijasida Xonqa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi qulab tushdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting